Keça, 15 iyun kuni Özbekistonning barça hududlarida kollejlar bitiruvçilari örtasida «Korrupsiya – adolat kuşandasi» mavzusida inşolar tanlovi bölib ötdi.

“Biz yoşlar yurtimizga xizmat qilişda vijdonli, insofli va halol bölişimiz şart” şiori ostidagi tanlovda Navoiy viloyatidagi kollejlarning bitiruvçi bosqiç öquvçilaridan 12 ming nafardan ortiği iştirok etdi.
Tanlovni ötkazişdan asosiy maqsad - yoşlarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça bilimlarini mustahkamlaş, huquqiy savodxonligi va madaniyatini oşiriş, yoşlarni davlat va jamiyat hayotining barça sohalaridagi mavjud korrupsiyadan ogohlantiriş, korrupsion huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uçun jazo muqarrar ekanligini anglatişdan iboratdir.

Aksiya Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasining 2018 yil 7 iyundagi 4-son bayonnomasi hamda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq ötkazildi.

– Kasb-hunar kollejlarini tugatib, katta hayotga qadam qöyayotgan 3-bosqiç öquvçilarining ong-u tafakkurida korrupsiyaga qarşi murosasiz kayfiyatni şakllantiriş, ularning bu illatga qarşi mustahkam immunitetga ega bölişi muhim ahamiyatga ega. Çunki bu yoşlar kollejni bitirgandan keyin muayyan davlat va jamoat taşkilotlarida, mehnat jamoalarida faoliyat körsatişi, öz hayoti davomida korrupsiya bilan boğliq holatlarga duç kelişi, bu illatning qurboniga yoki uning ijroçisiga aylanişi xavfi bor, – deydi Navoiy viloyat kasb-hunar ta'limi boşqarmasi mutaxassisi A.Abduxalilov.

Tanlov doirasida öquvçi-yoşlarning korrupsiyaga qarşi kuraş mazmunidagi “Eng yaxşi plakat”, “Eng yaxşi surat” nominatsiyalari böyiça tayyorlagan ijodiy işlari ham namoyiş etildi.











