Milliy olimpiya qömitasining birinçi vitse-prezidenti Ahmadjon Rahimov lavozimini tark etdi. U bilan birga taşkilotning yana bir vitse-prezidenti Komiljon Röziyev ham mansabini topşirgan.
Tribuna.uz manbasi ma'lumotiga köra, qömita prezidenti Rustam Şoabdurahmonov bugun bölib ötgan yiğilişda işdan ketgan vitse-prezidentlar örniga Saken Polatov va Azizjon Komilov nomzodlarini ilgari surgan va bu nomzodlar bir ovozdan ma'qullangan.

Qayd etiş kerak, tadbirkor Saken Polatov fevral oyida Özbekiston boks federatsiyasining birinçi vitse-prezidenti bölgandi. U bungaça «Lokomotiv» futbol klubi rahbariyatida işlab kelgan.
Azizjon Komilov esa Özbekiston dzyudo federatsiyasi raisi sanaladi. U bu lavozimga 2018 yil dekabr oyida kelgan.

Ma'lumot uçun, öz xohişiga köra işdan böşaş haqida ariza yozgan Özbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Rahimov va Osiyo Kuraş Konfederatsiyasi prezidenti Komiljon Röziyev MOQ vitse-prezidenti sifatida dekabrdan buyon işlab kelayotgan edi.


Qömitaning uçinçi vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev – Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasi raisi hisoblanadi. Ayni paytda taşkilotda Rahimov örniga kimning birinçi vitse-prezident bölişi ma'lum emas.

















