«Toşşahartransxizmat» poytaxt bekatlariga yangi elektron tablolarni örnatişni boşladi.
«Toşşahartransxizmat» AJ tomonidan yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Toşkent şahrining markaziy avtobus bekatlarida LED rusumli tablolar faoliyati qayta yölga qöyildi.
Avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvçi mazkur turdagi tablolarning har qanday ob-havo şaroitida benuqson işlaşi, ularda uzatilayotgan ma'lumotlarning aniqligi barça yölovçilarimiz uçun birdek manzur bölişi şubhasiz», — deyiladi jamiyat matbuot xizmati xabarida.

Bundan taşqari, TashBus mobil dasturining qayta işlangan versiyasi ham işga tuşirilmoqda. Endilikda dastur Android va iOS operatsion tizimlarida ham işlaydi. Uşbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida işga tuşiriladi
Eslatib ötamiz, bu kabi tablolarni örnatiş 2016 yilning oxirlarida boşlangan edi. Ularda avtobusning yetib keliş vaqti, bekatdan ötib ketadigan avtobuslar röyxati, valutalar kursi, ob-havo ma'lumotlari berib boriladi.
Ma'lumot uçun, Toşkent şahrida 2,5 mingdan ortiq bekat mavjud bölib, hozirda ularning 100tasiga elektron tablolar örnatilgan.













