Layfxaker kuçni muhim işlarga yönaltirişda yordam beradigan barçaga ma’lum va kutilmagan usullar bilan örtoqlaşdi.

Vaqt va vazifalarni boşqaring

Foto: Layfxaker

1. Vaqtni sekinlaştiring

Odatda bir daqiqada 12 tadan 15 tagaça nafas olamiz. Agar çuqurroq nafas olinsa, vaqtni qabul qilişni «sekinlaştiriş» mumkin. Buning uçun diafragma va qorin muşaklarini işga solgan holda nafas oling. Iş kunining boşi, murakkab vazifaga kirişişdan oldin yoki asabiylaşganda 7-9 marta ana şunday çuqur nafas oling.

2. Keyin qayta işlamaslik uçun işni sinçkovlik bilan tekşiring

«Yetti ölçab, bir kes» maqoli yodingizdami? Barini töğri bajarganingizni ikki marta tekşiring. Ana öşanda xatolarni töğrilaş uçun vaqt sarflamaysiz.

3. Televizorni kamroq köring

Agar film, serial va boşqa körsatuvlar uçun sarflagan vaqtimizni qöşib hisoblasak, yillar hosil böladi. Axir tomoşa qiliş uçun körsatuvlarni tanlaş, keyin esa ularni muhokama qiliş uçun ham vaqt ketadi. Yaxşisi uni biror foydali narsaga sarflang.

4. Erta uyğoning

Bu sizga iş oldidan köproq vaqt beradi. Xabarlarga javob beriş va kunni rejalaştiriş yoki özingizga vaqt ajratiş mumkin: kitob öqiş va sport bilan şuğullaniş.

5. Vaqt kundaligini yuriting

Bir neça oy davomida vaqtingizni nimaga sarflayotganingizni qayd eting.  Vaqt qaysi paytlarda bekorga sarflangani, qaysi tanaffuslar ayniqsa samarali ekanini payqaysiz.

6. Kutiş vaqtini foydali ötkazing

Navbat kutiş vaqtida maqola öqiş, poçtani tartibga keltiriş, muhim hujjatning qoralamasini yoziş mumkin.