Bugun, 19 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari va jurnalistlar iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi.

«Majburiy ijro byurosi tizimida hozirda 13764 nafar xodim işlaydi. Ötgan 2 yil mobaynida iş hajmi köpligi va kasbga oğir mas'uliyat yuklangani sabab 5841 nafar fuqaro işdan böşagan. Şundan 4819 nafari öz arizasiga binoan işdan ketgan», - dedi MIB direktori örinbosari Sodiqjon Berdialiyev bugungi ötkazilgan uçraşuvda.

Şu bilan birga, ayrim ijro xodimlari muomala madaniyati haqida berilgan tanqidiy savollarga öz javobini berib ötdi.

«MIB taşkil etilganida 1 oy muddat içida 14 ming nafar xodimlar jamoasiga ega taşkilotni şakllantirdik. Byuro xodimlarining aksariyati yoş va tajribasiz mutaxassislardan iborat. 

Tan oliş kerak, ba'zi xodimlarimizda muomala madaniyati yetişmaydi. Ularga öz vaqtida mehnat qonunçiligi böyiça intizomiy çora körilmoqda, ba'zan ulardan voz keçişimizga ham töğri kelmoqda.

Aççiq gapni aytaman, öşa xulqi yaxşi bölmagan mutaxassislar ham özimizning farzandlar. Bu işçilar tizimga çet eldan kelib qolmagan. Demak, oilada şunday tarbiya körişgan. Şu bilan birga bu xalqimizda odob-axloq qoidalarini örgatiş susayib ketganini ham anglatadi. 

Ikkinçi tomondan bizning işimiz pul undiriş bilan boğliq. Bunday vaziyatlarda jarayon köpinça tortişuvlar bilan ötadi. Buni ham hisobga olişimiz kerak. Ba'zan iş hajmi köpligi ham ularga salbiy ta'sir körsatgan bölişi mumkin. Lekin biz doim tizimimizni bunday xodimlardan tozalaşga yoki ularga çora körişga harakat qilamiz», - dedi MIB bölim boşliği Nasimxon Burxanov.