Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident ma'muriyati binosidagi iş şaroitidan şikoyat qildi. Uning aytişiça, agar u boşqa joyga köçib ötmasa, “aqldan ozişi” mumkin.
“Bu yerda qolib bölmaydi, men bu yerda aqldan ozaman”, deb aytgan Zelenskiy.
Prezident ma'muriyatida davlat rahbari uçun yangi bino qidirilayotgani, amaldagisi esa muzeyga aylantirilişi mumkinligi ma'lum qilingan.
“Ha, katta badiiy muzeyga”, deb tasdiqlagan buni Zelenskiy.
Ukraina prezidenti ma'muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi ştabi, uruşdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qömitasi egallagan binoda joylaşgan. Uşbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.
Avvalroq Zelenskiy Bank köçasida joylaşgan uşbu binoda işlaşni istamayotganini aytgan. Uning aytişiça, prezident ma'muriyati hukumat mavzesida emas, balki oçiq joyda işlaşi lozim. Biroq u qayerga köçib ötmoqçiligiga aniqlik kiritmagan.









