Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ma'qullandi.
Mazkur Qonun bilan davlat organlarining şaxsiy ma'lumotlar sohasidagi vakolatlari belgilanadi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir. U şaxsiy ma'lumotlar bazasining davlat reyestri yuritilişi va röyxatga olinişi tartibini belgilaydi, şaxsiy ma'lumotlardan foydalaniş jarayonida ularning himoyalanganligini ta'minlaydi.
Qonunda belgilanişiça, jismoniy şaxsga taalluqli bölgan yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan, elektron tarzda, qoğozda va (yoki) boşqa moddiy jismda qayd etilgan axborot şaxsga doir ma'lumotlar hisoblanadi.
Qonun quyidagilarni nazarda tutadi:
— fuqarolar haqidagi maxfiy şaxsiy ma'lumotlarning hamma uçun oçiq manbalarga qöyilişi uçun uning yozma roziligi olinişi şart;
— fuqaro murojaatidan söng u haqidagi maxfiy ma'lumotlar oçiq manbalardan olinişi lozim;
— şaxsga doir ma'lumotlarni özgartiriş va töldiriş sub'yektning murojaati asosida, uşbu murojaat berilgan paytdan e'tiboran uç kunlik muddatdan keçiktirmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan amalga oşiriladi;
— haqiqatga töğri kelmaydigan şaxsga doir ma'lumotlarni özgartiriş va töldiriş bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan e'tiboran darhol amalga oşiriladi;
— şaxsga doir ma'lumotlarni davlat boşqaruvi organlariga beriş bepul asosda amalga oşiriladi;
— sub'yekt özining şaxsga doir ma'lumotlarini berişni rad qilgan taqdirda, özining rad qilişi sabablarini körsatmaslik huquqiga ega;
— tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun şaxsga doir ma'lumotlarga işlov berilayotganda mulkdor va operator, şuningdek uçinçi şaxs bu ma'lumotlarni egasizlantirişi şart.











