Quriliş vaziri örinbosari quriliş sohasiga çet eldan investor olib kiriş masalasiga oydinlik kiritdi. Uning aytişiça, Özbekistonda amalga oşirilayotgan quriliş işlarining aksariyati (davlat dasturlaridan taşqari – tahr.) investorlar hisobiga amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, quriliş industriyasida kadrlar taqçilligi kuzatilmoqda.
«Investorlarni Özbekistonga olib keliş masalasi barça darajadagi rahbarlarning kun tartibida turgan masala. Bir misol. Toşkent markazi Tashkent City qurilyapti. 8ta lot 8ta alohida majmua deganidir. Bularning barçasi investor hisobiga bajarilyapti.
Budjetdan biror söm bu yerga sarflangani yöq. Davlat rahbari tomonidan qöyilayotgan talab bu. «Qişloqqurilişinvest» mablağining asosiy qismi ham çetning (Osiyo Taraqqiyot banki) mablaği. Qaytarib beriş şarti bilan olingan.

Bir misol, ötgan yili Özbekistonda 5 mln kvadrat metr qurildi. Bunaqasi tarixda bölmagan. Toşkentda eng köp uy-joy qurilgani, 1987 yilda 1 mln 13 ming kvadrat metr hisobotda qayd qilingan. Ötgan yili Toşkentning özida 1 mln 24 ming kvadrat metr hisoblandi.
Neça yillar töxtab yotgandi. Heç narsa yöq edi. Na quriliş taşkiloti, na sanoati, na kadr bor edi. Hozir esa, mutaxassislarni qaytadan öqitiş, ularga sertifikat beriş masalalari böyiça boşimiz qotyapti», - dedi Tölaganov.












