«PSJ» hujumçisi Neymar hamon «Real»ning ham diqqat markazida bölib turibdi.

AS naşri xabar berişiça, Madrid klubi 27 yoşli braziliyalik hujumçi uçun 130 mln yevro va öz futbolçilaridan Xames Rodriges yoki Garet Beyldan birini berişga tayyor.

Mundo Deportivo naşri ma'lumotiga köra, «Qirollik klubi»da Neymarga yiliga 30 million yevro miqdorida maoş tölanişi mumkin. «Real» prezidenti Florentino Peresning hisoblaşiça, bu futbolçi klubga maydonda ham, marketing tomondan ham katta foyda keltirişi mumkin.

Bundan avvalgi xabarlarda Neymarning agenti uni Ispaniyaga qaytariş ustida iş boşlagani aytilgan edi. Şuningdek, futbolçining özi «PSJ» rahbariyatiga «Barselona»ga qaytmoqçi ekanini aytgani ham ma'lum qilingan.

«Barselona» Neymarni qaytariş uçun «PSJ»ga bir neça futbolçisini berişga tayyor.

Le Parisien gazetasi Parij klubi Neymar uçun 300 mln yevro narx belgilagani haqida xabar tarqatgan.

Yakunlangan mavsumda Neymar parijliklar klubi safida 28 öyinda maydonga tuşdi va 23 gol urib, 13 golga uzatma berdi.