Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida nutq sözlagan Şavkat Mirziyoyev ta'lim sohasidagi kamçiliklarni tanqid qildi.
«Men nima uçun hadeb çet el universitetlarining filialini olib kelyapman? Çunki özimizdagi oliy ta'lim muassasalarida ahvol çatoq. Vaziyatni şunçaki yuzaki örganganda ham bir talay muammolar kelib çiqadi, hali çuqur kirib borganimiz ham yöq. Talabalarning bergan savoliga universitetdagi öqituvçi javob berolmayapti. Çet el universitetlarida esa aniq işlaydigan tizim bor, ularda metodologiya bor, bilimli olimlar bor», — deya Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari maktablardagi holatga ham töxtalib ötdi.
«Toşkent şahridagi maktablarning birida direktor bilan gaplaşdim. Böş iş örinlari bor, lekin tanlab oladigan kadrning özi yöq.
Maktabingizda neçta vakant bor deb söradim. Şunça, dedi. Biror marta bir neça kimyo, fizika, matematika öqituvçilari orasidan eng yaxşisini tanlab olganmisiz maktabingiz uçun, deb söradim. Yöq, deydi. Bitta odam kelsa, xursand bölib olaman, çunki kadr yöq, deydi.
Ba'zi maktablarda uç smenalab öqiş bölyapti. Bular 2-3 yilda hal böladigan muammo emas.
Biz uzoq vaqt davomida bila turib, ongli ravişda odamlarimizni ongsiz qilişga urindik. Qança kam taklif berilsa, şunça yaxşi qabilida iş körildi. Lekin bugun keçagidek yaşab bölmaydi, tuşuninglar», — deya ta'kidladi prezident.












