Senatning 20-yalpi majlisida nutq sözlagan Şavkat Mirziyoyev davlat amaldorlarining xorijiy mamlakatlarga safarlari töğrisida gapirdi.

«Avvallari köplab amaldorlar xorijga çiqa olmasdi, hozir esa taqiq yöq. Köplab davlatlar Özbekiston bilan hamkorlik qilişni istaşadi. Munosabatlarni yaxşilaş kerak. Lekin amaldorlar xorijga turistdek borib qaytmasin.

Davlat idoralari vakillarining barçasi xorij safarlariga davlat budjeti hisobidan boradi va bu behudaga bölmasligi kerak», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident hokimlar, vazirlar va boşqa mas'ul şaxslarning xorijiy mamlakatlarga safari davlatga foyda uçun xizmat qilişi kerakligini ta'kidlab ötdi.

«Kim menga kelib, falon davlatga borib, falon narsani örganib qaytmoqçiman, desa men heç qaçon yöq demayman. Buning uçun davlat budjetidan pul ajratamiz. Buni borişsin, körişsin, qayerda qaysi tizim qanday işlayotganini, nimalarni örganişimiz mumkinligini bilişsin, taşabbus körsatişsin, deb qilamiz. Faqat bundan foyda olib qaytiş kerak, behudaga vaqt sarflaş kerak emas», – deydi davlat rahbari.

«Senatorlar ham qaysi davlat tajribasini örganişimiz kerakligi, qaysi mamlakatning yöli biz uçun maqbulligi haqida takliflar bersin. Men sizlardan buni kutyapman»,  – deya qöşimça qilgan Mirziyoyev.