Toşkentdagi «Xavfsiz şahar» konsepsiyasini amalga oşirişda Xitoy kompaniyalari yordam beradi. Şu maqsadda Xitoyning CITIC Group va Costar Group kompaniyalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining «Xavfsiz şahar» jamoat tartibiga kömaklaşiş markazi bilan qöşma korxona taşkil etiş böyiça şartnomani imzoladi. 

Vazirlik Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 2019 yilning 17-21 iyun kunlari China South Industries Group Corporation, CITIC Group va Costar Group kompaniyalari delegatsiyalari Özbekistonga taşrif buyurgan.  

Ikki tomonlama olib borilgan muzokaralar yakuniga köra, 20 iyun kuni «Xavfsiz şahar» kompleksini taşkil etiş böyiça loyihani amalga oşiriş doirasida hamda CITIC Group va Costar Group kompaniyalari örtasida özbek-xitoy qöşma korxonasini taşkil etiş böyiça Ta'sis şartnomasi imzolangan. 

Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi taşkil etilişi natijasida Toşkent şahriga 300 mln AQŞ dollari hajmida xorijiy investitsiya jalb etiladi. Huawei kompaniyasi ilğor texnologiya va innovatsion yeçimlaridan foydalangan holda «Xavfsiz şahar» majmuasi qurilib, unga xizmat körsatiladi.