Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bloger va biznesmen David Araxamiyani milliy investitsiya kengaşi kotibi etib tayinladi.
Araxamiya mazkur tayinlov haqida izoh berar ekan, faoliyati boşlanişida köp narsaga va'da berişni istamasligini aytdi va Ukraina «mamlakatga investitsiyalar hajmini kamida uç baravarga oşirişiga» va'da berdi.
Araxamiya Template Monster xalqaro IT-kompaniyasi hammuassisi, Donbassdagi ukrain harbiylariga homiylik qiladigan «Narodniy proyekt» köngilli taşkilotining asosçisi hisoblanadi.
2014 yilda sobiq prezident Pyotr Poroşenko Araxamiyani 3-darajali «Xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlagan. U David Braun taxallusi ostida biznes va savdo haqida blog yuritadi.












