AQŞ prezidenti Donald Tramp Osakadagi «Katta yigirmatalik» sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi. Bu haqda Oq uyning yuqori martabali amaldori ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
Ular uçraşuv davomida Eron, Suriya, Ukraina va qurollaniş ustidan nazorat mavzularini muhokama qilişlari kutilmoqda.
Şuningdek, xabar qilinişiça, Tramp Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan, Germaniya kansleri Angela Merkel va XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşadi.
Tramp ötgan haftada Yaponiyadagi sammit vaqtida Putin bilan uçraşişini aytgandi.
«Men Rossiya bilan munosabatlarni yölga qöymoqçiman va bunga erişa olamiz deb öylayman», — dedi u. Putin ham öz navbatida Osakadagi sammitda amerikalik hamkasbi bilan uçraşiş imkoniyati bölişini bildirdi.









