Özbekiston Respublikasining Novosibirsk şahridagi boş konsulxonasi xodimlari şahardagi Dzerjinsk tumani voyaga yetmaganlar işlari böyiça inspeksiyasi inspektorlari bilan hamkorlikda uç nafar özbekistonlik yoş bolakayni öta açinarli turmuş şaroitidan ozod qildi. 

Bolalarning otasi Nö'monjon Karimov Qaşqadaryo viloyatidan bölib, 2004 yil Novosibirsk şahriga işlagani kelgan. Bir yildan söng u Rossiyaga xotini Şahloni ham olib keladi. 2005-2011 yillar davomida ular uç farzandlik böladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, yoş oilaning tönğiç farzandi uy şaroitida dunyoga kelgan, unga tuğilganlik töğrisidagi şahodatnoma olinmagan. Bolalarga tuğilgandan beri tibbiy yordam deyarli körsatilmagan, turli kasalliklarga qarşi emlanmagan.

N.Karimov tayinli işga ega bölmagani bois oila öta noçor ahvolda, Rossiyada işlaşga va yaşaşga ruxsat beradigan hujjatlarsiz yaşagan. Buning ustiga oila rahbari xotini va bolalarini tez-tez uradigan, ular bilan janjallaşadigan odat çiqargan. Buning oqibatida, qöşnilarning ta'kidlaşiça, Şahlo uydan bir neça marta qoçib ketgan. Sönggi marta u bolalarni eriga taşlab, Özbekistonga ketib qolgan.

Boş konsulxona xodimlari harakati bilan bugungi kunda bolalar Novosibirsk şahridagi “Semya” oila va bolalarga ijtimoiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan. 

Novosibirsk şahri migratsiya masalalari böyiça boşqarmasi xodimi N.Karimov şaxsi tekşirib körilişi va u Özbekistonga deportatsiya qilinişi mumkinligini ma'lum qildi.

Boş konsulxona xodimlari Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolarini mamlakatimizga qaytariş va vasiy organlar ixtiyoriga topşiriş masalasini körmoqda.