Transport vazirligi aviatsiya yönalişidagi masalalarga tizimli yondaşayotganligi haqida «Avia va avtomobil transporti infratuzilmasini, şu jumladan, jamoat transportini yanada rivojlantiriş strategiyasi» mavzusida ötgan brifingda ma’lum qildi.
«Bu degani agar aeroport tomidan suv ötib ketsa, yugurib borib, tom yamaş degani emas, çunki bunga javob beradigan özining alohida mas’ul taşkiloti bor. Bizning vazifamiz kamçiliklar tizimli davom etmasligiga erişiş», — deydi Transport vazirining birinçi örinbosari Ilhom Mahkamov.
Vazir örinbosarining ta’kidlaşiça, tegişli hujjatlar asosida «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi negizida Uzbekistan airways va Uzbekistan airports aksiyadorlik jamiyatlari taşkil etildi.
Bu jarayonlardan oldin «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi özi xizmat körsatuvçi, özi tartibga soluvçi, aeroportlarni boşqaruvçi yagona monopol taşkilot bölgan.
Brifingda uning bir qator vazifalari, birinçi navbatda, tartibga soliş funksiyasi Transport vazirligiga ötkazilgani haqida ma’lumot berildi.
Ilhom Mahkamovning aytişiça, aeroport sohasiga xususiy sektor ham jalb qilinmoqda. Lekin aeroport va uning infratuzilmasi faqat davlatga tegişli. Maksimum olganda ular xususiy sektorga kelişuv asosida boşqaruv uçungina berilişi mumkin.
«Rossiyaning 14 dan ortiq aeroportlarni boşqarib kelayotgan «Novaport» kompaniyasiga Samarqand, Urganç va Namangan şaharlari aeroportlarining foydalanişga berilişi uçun loyihaning işlab çiqilayotgani bu boradagi ilk qadamdir.
Loyihaga nisbatan bildirilayotgan ayrim e’tirozlarga javoban aytiş mumkinki, Özbekiston Respublikasining bir gramm manfaati ham «Novaport» ga ötib ketmaydi, hamma işlarning huquqiy asoslari yaxşilab örganib çiqiladi», — deydi vazir örinbosari.












