Smartfonlar miya kasalliklariga olib kelişi-kelmasligi hali oxirigaça noma'lum. Biroq şunisi ma'lumki, mobil qurilmalar bakteriyalar, viruslar, zamburuğ va boşqa zararli mikroorganizmlar öçoği hisoblanadi.

Smartfonlar unitaz örindiğidan ham iflosroq bölişi haqida mikrobiologlar bir neça yil avvaloq ogohlantirişgan. Endi esa smartfonlarning özida infeksiyalarni yiğişi bilan boğliq yangi xavf aniqlandi.

Gap şundaki, şifokorlar tomonidan tibbiyot muassasalarida qöllanuvçi smartfonlar özida kasallik qözğatuvçi patogen mikroflorani töplaydi. San-Paulu Ğarbiy universitetida (Braziliya) ötkazilgan tadqiqot mobil qurilmalarda aniqlangan bakteriyalarning 85 foizi penitsillin antibiotikiga çidamli ekanini, 50 foizi esa yuqori adgeziya, ya'ni yuzalarga yopişib oliş qobiliyatini namoyiş qilgan.

Tadqiqot davomida tibbiyot kurslari – stomatologiya, biomeditsina, hamşiralik işi talabalari smartfonlarining patogen florasi örganilgan. Ulardan hamşiralarning smartfonlarida eng köp bakteriyalar aniqlangan.

“Uyali telefonlarning şifoxonalar va tibbiyot muassasalarida keng qöllanişi şifoxona içidagi infeksiyalarning ayniqsa yuqori gigiyena standartlari amal qilinişi kerak bölgan joylarda, masalan, operatsiya xonalarida tarqalişi bilan boğliq jiddiy xavotir uyğotadi”, deb aytgan universitet professori Lizzian Kretli.

Uning aytişiça, tibbiy xodimlarga aloqada qoliş va ma'lumot izlaşda yordam beruvçi smartfonlar şu bilan birga bemorlarga yuqişi mumkin bölgan bakteriyalar uçun rezervuar bölib xizmat qiladi.