2020 yilgi Tokio Olimpiadasining boks turniri va unga saralaş musobaqalarini AIBA emas, Xalqaro Olimpiya Qömitasi ötkazadigan böldi.
Bugun, 26 iyun kuni XOQning Lozannada bölib ötgan sessiyasi yaşirin ovoz beriş yöli bilan Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA)ni mazkur vakolatdan mahrum etiş töğrisida qaror çiqardi.
Reuters xabariga köra, AIBA`ning Olimpiadadan çetlatilişiga taşkilotdagi moliyaviy muammolar va uning rahbariyati bilan boğliq mojaro sabab bölgan.
Havaskor boksning boş taşkiloti bir neça yillardan buyon moliyaviy tang ahvolda qolmoqda. Hozirda u 16 mln dollar qarzga botgan.
Şuningdek, AIBA rahbarligi uçun keçayotgan içki kuraşlar va unga özbekistonlik Ğofur Rahimovning prezident etib saylanişi mazkur taşkilotning XOQ bilan munosabatlarini keskinlaştirib yuborgan. Mazkur mojaro ortidan hatto boks ham olimpiya tasnifidan çiqarib yuborilişi mumkin edi.
AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş departamenti Rahimovga nisbatan Magnitskiy akti doirasida sanksiya qöllagan, uning dollarda har qanday moliyaviy operatsiyani amalga oşirişiga taqiq qöyilgan. Ğofur Rahimov mazkur ayblovlarni rad etib keladi.
Özbekistonlik biznesmen 2018 yil noyabr oyida Xalqaro Olimpiya Qömitasining ogohlantirişiga qaramay, AIBA prezidenti lavozimiga saylangan edi. 2019 yil mart oyida esa u öz ixtiyori bilan iste'foga çiqdi va uning örniga taşkilotga vaqtinçalik rahbar saylandi.
Eslatib ötamiz, ötgan hafta XOQ Ijroiya qömitasi Tokio Olimpiadasi uçun boks yöllanmalari qay tartibda öynalişini tasdiqlagan edi.
Unga köra, Tokioda erkaklar örtasida 8ta, ayollar örtasida esa 5ta vazn toifalari böyiça janglar taşkil etiladi. Saralaş turnirlari kelasi yilning yanvar-may oylarida ötkazilişi belgilangan. Bu oraliqda 4ta qit'aviy va 1ta jahon miqyosida saralaş turnirlari ötkaziladi.
Saralaş musobaqalari mezbonlari hozirça e'lon qilinmadi.









