Nima uçun bugungi kunda aksariyat yoşlar til biliş darajasini tasdiqlovçi xalqaro sertifikatlarni olişga qiziqyapti? IELTS, TOEFL va boşqa tizimlarning afzalligi va bir-biridan farqi nimada? Nega aynan IELTSni olişga talabgorlar bunçalik köp? «Mahalla» naşrida şular xususida maqola e’lon qilindi.

Avval til biliş darajasini baholovçi eng ommabop tizimlarning farqi haqida töxtalsak.

CEFR — (Common European Framework of Reference for Languages — Umumiy Yevropa Til Könikmasi Qolipi) tizimi hozirgi kunda butun Yevropada işlatiladigan çet tillarini örganiş, örgatiş va baholaşga doir masalalarni öz içiga oladi. Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» gi qaroridan söng ingliz tilini örganiş va örgatişga bölgan talab sezilarli darajada ortişi bilan birga, yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida taşkil etildi.

IELTS — (International English Language Testing System) — hozirgi kunda 140dan ortiq mamlakatda 10 mingdan ortiq taşkilot va ta’lim muassasalari tomonidan tan olinadi va eng işonçli ingliz tili testi sifatida e’tirof etiladi. IELTSga tayyorgarlik köriş va imtihondan muvaffaqiyatli ötiş uçun internet tarmoğida minglab öquv qöllanmalari, bepul darslar va turli xizmatlar mavjud. British Council va IDP (International development program) markazi esa uşbu testlarni ötkaziş böyiça Özbekistonda mas’ul taşkilot hisoblanadi.

TOEFL — (Test of English as a Foreign Language) — ingliz tilida sözlaşmaydigan davlatlar uçun xalqaro imtihon bölib, AQŞning Nyu Jyersi ştatida joylaşgan, Pariston universitetiga qaraşli Educational Testing Service (ETS) taşkiloti tomonidan tayyorlangan. Uşbu imtihonning öziga xosligi şundaki, u ingliz tilining Amerika variantiga asoslangan. Şu bois TOEFL sinovidan muvaffaqiyatli ötiş uçun ingliz tilining American English variantini çuqur biliş talab etiladi.

Nega hamma IELTSni tanlamoqda?

«Sönggi yillarda dunyoning köplab mamlakatlaridagi oliy öquv yurtlari TOEFL (Test of English as a Foreign Language) imtihoni sertifikatini qabul qilmay qöydi. Aksinça ayni paytda ingliz tilida sözlaşuvçi davlatlar va dunyoning boşqa köplab mamlakatlaridagi uşbu tilga ixtisoslaşgan oliy öquv yurtlari IELTS sertifikatini talab qiladi. Şu bilan birga, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlarga kasbiy immigratsiya yönalişi böyiça işga bormoqçi bölgan insonlar uçun mazkur testni topşiriş lozim böladi. Şu bois bugun köpçilik özbek yoşlari CEFR, TOEFL kabi imtihonlardan köra, IELTSni ma’qul körmoqda» , ─ deyiladi maqolada.

IELTSni mustaqil örganiş mumkinmi?

Yuqorida ta’rifi keltirilgan xalqaro imtihonlar orasida IELTS nafaqat Özbekiston, balki butun dunyoda ingliz tili böyiça eng ommalaşgan va işonçli xalqaro baholaş tizimi sanaladi. Mazkur imtihon 4 bosqiçda — listening (tinglab tuşuniş), reading (öqiş), writing (yoziş), speaking (gapiriş, suhbat körinişida) ötkaziladi. Agar öquvçining bilimi yuqori bölsa, bu sinovlarning har biridan eng yuqori — 9 ball olişi mumkin. Ammo bu kamdan-kam hollarda kuzatiladi.

— Hozirgi kunda internetda IELTSga oid kerakli ma’lumotlar, audio va video darslar juda köp. Uşbu qöllanmalar orqali har kim özi mustaqil ravişda ingliz tilini örganişi mumkin. Biz imtihon topşiruvçilarga testga tayyorlaniş jarayonida rasmiy va eng asosiysi, bepul bölgan resurslardan foydalanişlarini maslahat beramiz, — deydi maqolada fikrlari keltirilgan Özbekistondagi Britaniya Kengaşining Marketing bölimi boşliği Umida Nurjanova.

Nafaqat çet elda, balki Özbekistonda ham imtiyozlar bor

2019 yil 13 may kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq qiliş çora-tadbirlari töğrisida» gi qarori qabul qilingan edi.

Unga köra, 2019-2020 öquv yilidan boşlab oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş sinovlarida abituriyentlarga bir qança imtiyozlar berildi. Ya’ni bu yil ilk bor oliy öquv yurtlarining test sinovlari majmuasiga ingliz tili birinçi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlari uçun CEFR B2 va undan yuqori (IELTS 5,5 yoki TOEFL IBT 72), asosiy fan bölmagan bakalavriat ta’lim yönalişlar uçun CEFR B1 va undan yuqori (IELTS 4,5 yoki TOEFL IBT 42) körsatkiçi bilan kiriş imtihonlarida eng maksimal ball beriladi.