“Islamskiye finansy +” telegram-kanali faoliyatini endigina boşlayotgan tadbirkorlar uçun möljallangan 9 nasihat haqidagi maqolada biznes boşlaşda ahamiyat beriş kerak bölgan jihatlarni sanab ötdi.

Boşidanoq şuni aytmoqçimanki, bu men tomondan berilgan maslahatlar emas (biroq tortilayotgan taom ta'mi, hidi va jozibadorligi menga tegişli). Bundan taşqari, öz xonasida ötirib olib, tadbirkorlikni boşidan ötkazmay, qanday qilib biznes qiliş kerak qabilidagi mavhum narsalar haqida yozmaydigan, öz biznesida haqiqatan ham köp narsaga erişgan, qaçonlardir olgan narsalarini qaytarişga tayyor kişilarni izlaş borasida muhim işlarni amalga oşiraman. Barçamiz töğri işlarni köproq bajara olişimiz va çetlab ötiş kerak bölgan tösiqlarga kamroq duç kelişimizni istayman, xolos. Öqing, kerak bölganida takror öqing va undan foydalaning!
1. Biznesingizni taşlab, har oy sizga barqaror maoşni tölaşlari uçun davlat xizmati yoki boşqa birov uçun işlaş borasidagi miyangizga örnaşib qolgan fikrlarga berilmang. Çunki işlaringiz yurişmayapti, ota-onangiz jamğarmangizning borini özingizning iş bermas ğoyalaringizga sarflab yuborganingizni ta'kidlaşmoqda, çunki xaridorlar yöq, qöşni dökonda esa savdo avjida, çunki... Haqiqiy tadbirkor yopiq eşikni körganida uni oçmagunlariça taqillatişda davom etadi. Yollanma işçi esa yopiq eşikni körganida bir marta taqillatib, keyin ketadi... Şunday yöl tutiş osonroq, biroq bunda rivojlaniş bölmaydi, qarşiliksiz ösiş imkonsiz, bu – borliq qonuniyati...
2. Apple haqida gapirganimizda Stiv Jobs, Microsoft haqida eşitganda esa Bill Geyts köz oldimizga keladi. “Tadbirkor” sözini eşitganda nimani tasavvur etasiz? Albatta, savdolarni. Çunki har qanday tadbirkor biznesni sotiş uçun yölga qöyadi. Bu – pirovard maqsad. Oxir-oqibat, jami iqtisodiyot savdoga borib taqaladi. Şuning uçun sotiş san'atini örganişni töxtatmang, uni muntazam özlaştiring (tabiiyki, muayyan ahloq normativlari doirasida, ular haqida nasib qilsa, batafsil töxtalib ötaman).
3. Hamma va har kimning maslahatiga öralaşmang. Yodingizda bölsin, biznesni boşlagaç, atrofingizda soxta konsultant va turli maslahatçilar paydo böladi. Har bir ayol ilk farzandini kutayotganida tajribali onalar maslahatlarini tinglaş qanday bölganini yuzida tabassum bilan yodga oladi. Sizga maslahatim – sizga va biznesingizga töğri yönaliş bera oladiganlarninggina maslahatini oling. Yana bir maslahat – töğri maslahatlarni oling. Muvaffaqiyatga erişiş uçun vaqtining katta qismini izlaş va örganiş uçun sarflagan tadbirkorlarga taqlid qiliş hamda ularning instrumentlaridan foydalanişga intiliş köpçilikka xos. Siz esa tajribali tadbirkorlar biznesi sizning biznesingiz kabi bosqiçda bölganida qanday texnikalardan foydalangani, nima iş bergani yoki iş bermagani va h.k larni bilişga harakat qiling. Biznesning rivojlaniş bosqiçini hisobga olmay turib, kör-körona nusxa köçirişga intilmang.












