Qişloq joylarda barpo etilayotgan namunali arzon uy-joylar ijtimoiy yönaltirilgan loyiha asosida barpo etilayotgani bois 2 va 3 xonalidir. Milliy matbuot markazida «Qişloqqurilişinvest» kompaniyasi vakillari iştirokida bölib ötgan tadbirda Kun.uz muxbiri savoliga javoban şunday fikrlar bildirildi.  

-  Qişloq joylarda barpo etilayotgan yangi namunadagi arzon uy-joylar asosan 2-3 xonali uylar. Özbekçiligimizdan kelib çiqqanda ham, har bir oilada kamida bir öğil bir qiz farzand bölişini inobatga olganimizda ham qurilayotgan uylarning xonasi kamida 3 yoki tört xonali bölişi kerak. Qolaversa, har bir oilaning öziga yaraşa mehmoni bölişi ham inobatga olinmagan. Savolim şundan iboratki, loyihalar çizilganda, xonalar soni belgilanganda, qaysi mezonga asoslaniladi?

Kun.uz muxbiri savoliga «Qişloqqurilişinvest» boş muhandisi Şuhrat Rustamov quyidagiça javob berdi.

«Savolingiz töğri. Ammo, bir narsaga e'tibor beriş kerak, avvalambor 2 sotixli uylar 3 xonali, köp qavatli uylar 2-3 xonali deya namunali loyihalar işlab çiqilib, respublika rahbariyati tomonidan tasdiqlangan. Köp oilali deganda, şu oilalarni emas, şu oilalarning a'zolarini uy bilan ta'minlaş nazarda tutilgan. E'tibor bergan bölsangiz, yoş oilalar deyilgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bölganlarga deyilgan. Oilaviy şaroitidan kelib çiqqan holda yolğiz ayol, imkoniyati çeklangan ayol bölişi mumkin. Loyihalaştirişda şu kabi şaxslar e'tiborga olingan», - dedi Şuhrat Rustamov. 

-  Töğri, ammo arzon uy-joylarning barçasi ham yoş oilalarga yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga berilayotgani yöq-ku. Şundan kelib çiqib, 2-3 xonali xonadonlar yoki uylar loyihasini işlab çiqiş mezoni nima?

Bu savolga «Qişloqqurilişinvest» kompaniyasi loyihalaştiriş bölimi boşliği Bekmurod Duşanov şunday javob berdi.

«2019 yil uçun tasdiqlangan dasturda, misol uçun, neçta 3 xonali, neçta 2 xonali uy qurilişiga doir asosiy parametrlar aniq körsatib berilgan. Bu davlat dasturida, biz ularni özgartirmaymiz, bu uylar ijtimoiy soha obektlari, tijorat uylari emas, kim şu uylardagi xonadonlarga muhtoj bölsa, daromadi va şaroitidan kelib çiqqan holda oladi. Bu uylar barça qulayliklarga ega bölgan arzon uylar hisoblanadi. 

Quriliş bozorida köplab buyurtmaçilar va quruvçilar bor. Tijorat maqsadida qişloq joymi, şahar joymi, 3 qavatlimi, 6 qavatlimi, qurib beraverişadi. Bunga heç kim qarşi emas», - dedi Bekmurod Duşanov.