Osiyo va Islom taraqqiyot banklari va boşqa jamğarmalar Özbekiston qişloq joylarida yangi namunadagi arzon uy-joylar qurilişi dasturini loyihalaştiriş uçun yirik miqdorda mablağ ajratmoqda. «Qişloqqurilişinvest»ning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, bugungi kunda uşbu moliya institutlari bilan hamkorlik doirasida jami 880 mln dollar sarmoya jalb etilişi rejalaştirilgan. Bu mablağlarning bir qismi esa allaqaçon ajratilgan va ayni vaqtda quriliş işlarini jadallaştirişga sarflanmoqda.

Islom taraqqiyot bankining «Qişloqqurilişinvest» kompaniyasi huzuridagi Uy-joy qurilişi loyihasi vakili Nurbek Rohataliyev, şuningdek ITBning Özbekistondagi arzon namunali uy-joylar loyihasiga kiritgan sarmoyasi xususida ma'lumotlarni taqdim etdi. 

«2012 yildan beri törtta xalqaro moliyaviy institut iştirokida loyihalar amalga oşirib kelinmoqda. Şu vaqtgaça 4ta loyiha yakunlangan va 4tasi amalga oşirilmoqda. Islom Taraqqiyot banki loyihasi haqida gapiradigan bölsak, 2019 yil uçun 58 mln dollarlik loyihani moliyalaştiriş rejalaştirilgan. Şu vaqtgaça uşbu mablağlarning 40 mln dollari ajratilgan. Uning 35 mln dollari özlaştirilgan», - dedi Nurbek Rohataliyev.

Umuman, «Qişloqqurilişinvest» kompaniyasi Axborot xizmatining ma'lum qilişiça, 2019 yilda Xalqaro Moliya institutlarining Özbekistonning qişloq joylarida yangi namunadagi arzon uy-joylar quriş loyihasidagi iştiroki quyidagiçadir. 

Unga köra, Islom taraqqiyot banki 58,2 mln dollar, Osiyo taraqqiyot banki 100 mln dollar, Saudiya taraqqiyot jamğarmasi 32,5 mln dollar hamda Quvayt-Arab taraqqiyot jamğarmasi 13 mln dollar mablağ kiritişi kutilmoqda. Uşbu xalqaro moliya institutlari tomonidan jami 242 mln dollar miqdorida sarmoya ajratilişi rejalaştirilgan. 

Axborot xizmati, Kun.uz muxbiri savoliga javob tariqasida mazkur xalqaro moliya institutlar bilan hamkorlik boşlangan vaqtdan buyon ajratilgan mablağlarga ham oydinlik kiritdi. 

Unga muvofiq, OTB 2012-2015 yillarda 500 mln dollar, ITB 2015-2017 yillarda 100 mln dollar, STJ 2016-2017 yillarda 60 mln dollar mablağ ajratgan.