AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaning Osaka şahrida bölib ötayotgan G20 sammiti doirasida ötkazilgan uçraşuvi yakunlandi.
Suhbat bir yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan. Xabar qilinişiça, siyosatçilar Eron, Ukraina, Suriya, Venesuela masalalarini muhokama qilişgan. Oq uydagilarning qayd etişiça, bu ikki davlat örtasidagi munosabatlar yaxşilanişidan butun dunyo manfaatdorligi qayd etilgan.
Qurol ustidan nazorat mavzusi kötarilgan vaqtda amerikaliklar prezidenti bu muzokaralarga Xitoyni ham qöşiş zarurligini qayd etgan.
Uçraşuv boşida Donald Tramp tabassum bilan Putindan Amerikadagi saylovlarga aralaşmaslikni söradi.
U matbuot vakillari savollariga javob beriş asnosida ikki marta Putinga ögirilib şunday degan: «Iltimos, saylovlarga aralaşmang».
Bundan avvalroq, ikki yetakçi G20 sammiti oçiliş marosimida qisqa suhbat qurgani xabar qilingandi.
«Katta yettilik» davlatlari sammiti Yaponiyaning Osaka şahrida 28 iyundan 29 iyungaça bölib ötmoqda. Unda jahon iqtisodiyotidagi eng yirik 20 davlat vakillari iştirok etmoqda.
Eslatib ötamiz, Vladimir Putin va Donald Trampning töliq formatdagi ilk uçraşuvi 2018 yilning 16 iyulida Xelsinki şahrida ötkazilgandi. Öşanda prezidentlar qariyb tört soat davomida muzokara ötkazişgandi. Yakunda tomonlar muzokara natijalaridan qoniqiş hosil qilişganini bildirişgandi.
Ma'lumot uçun, AQŞdagi keyingi prezidentlik saylovlari 2020 yilning 3 noyabrida bölib ötişi belgilangan. Tramp 2017 yilning yanvarida ikkinçi muddat uçun ham nomzodini qöyişini ma'lum qilgandi. U biroz avvalroq navbatdagi prezidentlik kampaniyasini boşladi.









