Joriy yilning may oyida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent viloyat hududiy boşqarmasi vakillari «Torimed Pharm» (Galaxy) MÇJga nisbatan «Colgate-Palmolive» (Colgate) kompaniyasining tovar belgisi böyiça arizasini körib çiqdi. Masala tegişli komissiya tomonidan örganib çiqildi va qaror qabul qilindi.
Unga köra, «Torimed Pharm» (Galaxy) MÇJ «Raqobat töğrisida»gi qonunning 13-moddasi birinçi qismi uçinçi xatboşisi talablarini buzgan deb topildi. Ya'ni tovarning xususiyati, işlab çiqariliş usuli va joyi, iste'mol xossalari, narxi, sifati, işlab çiqaruvçining (bajaruvçining) kafolat majburiyatlari xususida iste'molçilarni çalğitiş, xöjalik yurituvçi sub'yekt (raqobatçi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning taşqi bezatilişi va şaklini, nomini, tamğalanişini, etiketkasini, örovini, ranglar uyğunligini, tovar belgisini takrorlaş, reklama materiallaridan yoki xöjalik yurituvçi sub'yektning (raqobatçining) tovarini individuallaştiruvçi boşqa elementlardan nusxa köçiriş orqali qalbakilaştiriş qismi böyiça insofsiz raqobatçi deb topildi.

Şuningdek, jamiyatga qonunbuziliş holatini bartaraf etiş, kelgusida şu kabi xatolarga yöl qöymaslik yuklatildi. Qarordan norozi bölsa, tegişli tartibda sudga murojaat qiliş huquqi tuşuntirildi.
«Torimed Pharm» (Galaxy) MÇJ mazkur qarorga norozilik bildirib sudga murojaat qildi.

Hozirda iş Toşkent şahar Yunusobod tuman ma'muriy sudida körilmoqda. «Torimed Pharm» (Galaxy) MÇJ suddan komissiya a'zolarining xatti-harakatlarini (harakatsizligi) qonunga xilof, maxsus komissiyaning tegişli ajrim va qarorini haqiqiy emas deb topişni söragan.

Hozirda sudda Galaxy tovar belgisi Colgate tovar belgisiga rostdan ham öxşaşmi yoki yöq, «Torimed Pharm» (Galaxy) MÇJ çindan ham insofsiz raqobatçimi – şu kabi savollar muhokama qilinmoqda. Taraflar öz vajlarini keltirib ötmoqda. Sud işni körişni keyingi haftaga qoldirdi.











