Galaxy Z TriFold ekranni “G” xarfi shaklida buklaydi: ikkita yon panel markaziy ekran qismini yopib, chang va tirnalishdan himoya qiladi. Shuningdek, smartfonning tashqi foydalanish uchun mo‘ljallangan alohida 6,5 dyuymli ekrani ham mavjud.
Qurilma 10 dyuymli ichki Dynamic AMOLED 2X ekran, Snapdragon 8 Elite protsessori, 16 GB operativ va 1 TB doimiy xotira bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi 5600 mA·soat, 45 Vt tez zaryadlash va 15 Vt simsiz zaryadlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy Z TriFold’da 5 ta kamera mavjud: asosiy 200 MP, kengburchak 12 MP, telefoto 10 MP va ikkita old kamera — tashqi va ichki, har biri 10 MP. Qurilma IP48 himoyaga ega va to‘liq ochilgandagi qalinligi atigi 3,9 mm. Ramkasi alyuminiy va titan, orqa qopqog‘i karbonsimon polimer materialdan tayyorlangan.
Smartfon faqat qora (Crafted Black) rangda chiqariladi. Samsung hali narxini rasmiy e’lon qilmagan, ammo insayderlar uni 1999–2499 dollar oralig‘ida baholashmoqda.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.







