29 iyun kuni soat 10-30 larda fuqaro J.K. Jizzax viloyat köp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi xirurgiya bölimiga kelib, bölim mudiri T.H.ning kökragi va qorin qismiga bir neça marta piçoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Bunga T.H. uning 2005 yilda tuğilgan ukasi Q.J.ni 26 iyun kuni “exinokokkoz” taşxisi bilan operatsiya qilişi natijasida ukasi vafot etganligi va Q.J. uni qasddan öldirişni maqsad qilganligi sabab bölgan.  

Bölim şifokori B.Ğ. ularni ajratib qolişi natijasida J.Q. jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmasdan voqea joyidan qoçib ketgan.

T.H.ga şifokorlar tomonidan öz vaqtida tibbiy yordam körsatilişi natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Tezkor qidiruv çora-tadbirlar natijasida J.Q. Zafarobod tumani, “Uzun” qişloğida uşlanib, qölidagi oşxona piçoği aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Jinoyat işining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.