Yaponiyaning Osaka şahrida G20 sammiti nihoyasiga yetdi. Sammit oldidan aksariyat siyosatçilar unda heç qanday olamşumul kelişuvlar bölmasligini taxmin qilgandi. Ular haq bölib çiqişdi, ammo baribir sammit öziga xos yorqin holatlar bilan yodda qoladigan böldi.
Mazkur sammit “yigirmatalik” tarixidagi ön törtinçi va Yaponiyada taşkil etilgan birinçi sammit böldi.
Forum Osaka körfazidagi Sakisima sun'iy orolida bölib ötdi.
Sammit voqealarini 7 mingga yaqin jurnalist yoritib bordi.
Asosiy “dahanaki janglar” yopiq eşiklar ortida ötgani uçun yuzlab jurnalistlar mayda-çuyda tafsilotlargaça e'tibor qaratişga majbur bölişdi: imo-işoralar, nigohlar va hattoki kimning nima içişi ham ular e'tiboridan çetda qolmadi.
Masalan, tantanali keçki ziyofat vaqtida Rossiya prezidenti Putin doimo yonida olib yuradigan termosidan qaynoq çoy quyib içdi, AQŞ prezidenti Tramp esa muzday koka-kola içdi.
Sammitda global iqtisodiyot va savdo hamda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar masalalari böyiça yiğilişlar ötkazildi. Yiğiliş yakunlari böyiça kelişuvlar imzolanmadi, zero iştirokçilar örtasidagi qarama-qarşiliklar juda katta edi. Şuning uçun asosiy e'tibor ikki tomonlama uçraşuvlarga qaratildi.
Rossiya-AQŞ

AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçraşdi. Amerikaliklar yetakçisi bu uçraşuv avvalida rossiyalik hamkasblar bilan muzokaralardan a'lo natijalar kutayotganini aytib ötdi.
«Bizda juda qiziqarli muhokama böladi, bu savdo, tijorat, qurolsizlaniş masalalari, şuningdek, proteksionizmni öz içiga oladi… Va bularning barçasi özaro yaxşi munosabatlar asosiga quriladi. Menimça, bu uçraşuv natijalari ajoyib böladi», — dedi u.
Suhbat bir yarim soatdan ortiq vaqt davom etdi. Siyosatçilar Eron, Ukraina, Suriya, Venesuela masalalarini muhokama qilişdi.
Qurol ustidan nazorat mavzusi kötarilgan vaqtda amerikaliklar prezidenti bu muzokaralarga Xitoyni ham qöşiş zarurligini qayd etdi.











