O‘zbekiston | 10:50 / 30.06.2019
5824
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning Aktau shahridagi bosh konsuli tayinlandi
Nodirjon Turg‘unov O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, Aktau shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi.
Ushbu konsulxona bilan +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin.
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston elchixonasi hamda Olmaota shahrida Bosh konsulxonasi joylashgan.