DW xabariga köra, CREA mazkur tahlilni 25-sentabr kuni eʼlon qilgan. Rossiya reyestriga kemalar qöşilişining eng yuqori körsatkiçi 2025-yil dekabrida qayd etilgan - bir oyning özida 25 ta kema röyxatga kiritilgan.

Tadqiqotçilar bu özgarişni xorijiy kemalarni ham röyxatga oluvçi oçiq reyestrlar siyosati qatʼiylaşayotgani bilan izohlamoqda. Bunday reyestrlar «yaşirin flot» kemalarida sanksiya ostidagi yuklarni taşişga ruxsat berişdan voz keçmoqda.

Barbados va Palau öz reyestrlaridan sanksiyaga tuşgan barça kemalarni çiqargan. Panama esa ularning sonini 2025-yil mayidagi eng yuqori körsatkiçga nisbatan qariyb uçdan ikki qismga kamaytirgan.

Şuningdek, dunyoning eng yirik kema reyestrlari bayroq almaştiriş orqali sanksiyalarni çetlab ötiş va boşqa şunga öxşaş amaliyotlarga qarşi kuraşiş uçun RISC nomli umumiy maʼlumotlar bazasini işga tuşirgan.

CREA xulosasiga köra, bu şaroitda «yaşirin flot» kemalari soxta bayroq ostida suzib, uşlab qoliniş xavfini qabul qiliş yoki Rossiya reyestriga ötiş örtasida tanlov qilişga majbur bölmoqda.

Iyun oyiga kelib, avval Komor orollari yoki Gambiya bayroği ostida harakatlangan 46 ta kema Rossiyada röyxatdan ötgan. Boşqa kemalar Serra-Leone va Ekvatorial Gvineya bayroğiga ötgan yoki tan olingan bayroqsiz faoliyatini davom ettirgan.

Rossiya reyestriga qöşilgan 107 ta kemaning 93 tasi avvaldan sanksiyalar ostida bölgan. Ularning 90 tasiga nisbatan bir neçta yurisdiksiya doirasida çeklovlar qöllangan.

Bayroq almaştiriş va neft taşiş

Tahlilda qayd etilişiça, dastlabki sanksiyalar joriy etilişidan oldin Rossiya neftini taşigan kemalar keyinçalik bayroğini avvalgiga nisbatan uç baravar köp almaştira boşlagan. Ularning 16 tasi Eron yoki Venesuela neftini ham taşigan.

Rossiya bayroğiga ötganidan keyin ham kemalar Rossiya yonilğisini jahon bozorlariga yetkazib berişda davom etgan. Ular taşigan 5,2 mlrd yevrolik neft asosan Xitoyga yönaltirilgan. Misrda va Qizil dengizda yukni bir kemadan boşqasiga ötkaziş amaliyotlaridan ham foydalanilgan.

Arctic Metagaz bilan boğliq hodisa

Hisobotda mart oyida Örta Yer dengizida Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz taşuvçi Arctic Metagaz kemasida yuz bergan yonğin ham tilga olingan. Xabarda aytilişiça, Liviya, Malta va Italiya hodisa oqibatlarini bartaraf etiş bilan mustaqil şuğullanişga majbur bölgan.