Özbek sportining afsonalaridan biri, xizmat körsatgan sport ustasi, basketbolçi Ravilya Nadjipovna Salimova bugun, 3 iyul kuni 77 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi axborot xizmati ma'lum qildi.

Ravilya Salimova 1941 yil 8 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida tuğilgan. Basketbol böyiça sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida 2 karra  jahon çempioni, 4 karra Yevropa çempionligini qölga kiritgan. Şuningdek, ikki marta butunjahon Universiada öyinlarida oltin medallarga sazovor bölgan.

Salimova klubdagi faoliyati davomida nafaqat sobiq ittifoq, balki qator xorijiy jamoalardan taklif bölsa-da, faqat Toşkentning «Mehnat» va SKIF jamoalari şarafini himoya qildi. Professional sportdagi faoliyatini yakunlagaç Özbekistondagi köplab bolalar va ösmirlar sport maktablarida öz mahoratini yoşlarga örgatib keldi.

Kun.uz tahririyati Ravilya Salimovaning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.