Bugun, 2 iyul kuni, YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qömitasi Boku şahridagi 40-sessiyasida Şahrisabz tarixiy markazi borasida qaror qabul qildi. Bu haqda Özbekiston boş vazirining örinbosari Aziz Abduhakimov özining Facebook sahifasida ma'lum qildi.

«Hujjatda Özbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilingan umumjahon merosi obektlarini himoya qiliş böyiça çora –tadbirlar, jumladan tarixiy şaharlardagi barça quriliş işlarini töxtatib turiş töğrisidagi hukumat qarori olqişlanadi. Unda şaharni rivojlantiriş böyiça aniq tavsiyalar mavjud va Şahrisabz umumjahon merosining xavf ostidagi obektlar röyxatida qolişi aytilgan», - deb ma'lum qildi Abduhakimov.

Şu bilan birga Özbekiston tomoni ikki yil içida şaharni regeneratsiya qiliş rejasi loyihasini işlab çiqiş majburiyatini olgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yil iyun oyi oxirlarida YuNeSKO umumjahon madaniy meroslar komissiyasi Şahrisabz tarixiy markazini röyxatdan çiqariş masalasini körib çiqqandi. Uşbu masala ijobiy hal bölgandi.