Yonğin çiqişi natijasida rossiyalik 14 dengizçi halok bölgan suvosti apparati aslida «Loşarik» nomi bilan ma'lum bölgan AS-12 öta maxfiy suvosti kemasidir. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Avvalroq, Rossiya Harbiy Dengiz Flotining (HDF) 14 nafar dengizçisi suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yuz bergan yonğin natijasida halok bölgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
RBK ma'lumotiga köra, bu kema suvosti ilmiy-tadqiqot apparati emas, balki öta maxfiy atom suvosti kemasidir. Unda yuz bergan yonğin natijasida 14 nafar dengizçi tutundan zaharlanib halok bölgan. Yonğin öçirilgan, kema esa ayni paytda Severomorsk harbiy-dengiz bazasida saqlanmoqda.
AS-12 atom suvosti kemasi bir-biri bilan boğlangan bir qança titan sferalardan iborat. Kema 6 ming metr çuqurlikkaça tuşadi va suv ostida 30 uzel tezlikda harakatlanadi.
AS-12 kemasining texnik ma'lumotlari maxfiylaştirilgan. Taxminlarga köra, uning uzunligi 70 metrni, eni esa 7 metrni, töla suv siğimi 2 ming tonnani taşkil qiladi. «Loşarik» nomini esa multfilm qahramoni bölmiş şişiriladigan şarlardan yasalgan toyçoqdan olgan.












