Madridning «Atletiko» klubi jamoa tayanç yarim himoyaçisi Rodrigo Ernandes (Rodri) bilan tuzilgan şartnoma bekor qilinganini e'lon qildi.

«Rodrigoning klub bilan tuzgan şartnomasi bekor qilindi. «Mançester Siti» u uçun belgilangan transfer pulini töladi»,- deb yoziladi «Atletiko» rasmiy tvitterida.

«Mançester Siti» tayanç zonasida işonçli öyinlari bilan tanilgan Rodri uçun 70 million yevro töladi.

Avvalroq «Mançester Siti» moliyaviy feyr-pleydan qoçiş uçun hiyla işlatgani va Rodri transfer pulini özi tölagani ma'lum bölgandi. «Siti» pulni Rodriga bergan va futbolçi özining transferi uçun özi pul tölagan.

2018/19 yilgi mavsumda Rodri Ispaniya çempionatida 34 öyinda maydonga tuşgan, bu öyinlarda u uç gol urib, bir golga uzatma bergan. Bundan taşqari u jamoasining Çempionlar ligasidagi 8ta, Ispaniya Kubogidagi 4ta öyinida iştirok etgan.