Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 12:30larda Qibray tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro I.N. “Spark” rusumidagi avtomobili bilan «Bözsuv» kanaliga tuşib ketgan.

Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro maşina boşqaruvi vaqtida tösatdan huşidan ketgani ma'lum bölgan. Natijada, 12 metr balandlikdan çuqurligi 5 metr bölgan «Bözsuv» kanaliga qulagan. Maşina suvga tölgandan söng, N.I. darz ketgan old oyna orqali çiqişga muvaffaq bölgan.

Mazkur hodisa yuzasidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, maşinani kanaldan çiqarib olişgan. Bu haqida fuqaro N.I. özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida körsatilgan yordam uçun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan, deyiladi FVV xabarida.












