Ayrim OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda mahkuma Gulnora Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning tarqalganini e'tiborga olib, Adliya vazirligi joriy yilning 3-4 iyul kunlari bevosita 21-sonli jazoni o‘tash Koloniyasiga borgan holda, holatni o‘rgandi.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, o‘rganish davomida aniqlanishicha, mahkuma G. Karimova Koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni olib kelingan va 7-otryadning 2-sektoriga (umumiy rejimdagi) joylashtirilgan.

U yerdagi yashash sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining (JIK) 117-moddasiga javob beradi. Unga muvofiq, umumiy rejimdagi koloniyalarda mahkumlar umumiy turar-joylarida yashashadi.

Shu bilan birga, G. Karimova JIKning 9-moddasiga muvofiq, o‘quv, badiiy va boshqa turdagi axborot materiallaridan foydalanish huquqidan foydalangan holda, Koloniya kutubxonasining a'zosi hamdir.

JIKning 78-moddasiga muvofiq, mahkuma G. Karimova yo‘qlov va banderol olish huquqidan ham foydalangan. Xususan, joriy yilning 2 va 3, 10 aprel hamda 10 iyun kunlari u tegishli banderol va yo‘qlov qabul qilingan.

2019 yilning 10 aprel kuni G. Karimovaning hisobvarag‘iga qizidan pul o‘tkazmalari kelib tushgan. G. Karimova jazoni o‘tash davomida koloniya do‘konidan to‘rt marotaba xaridni amalga oshirgan va o‘rganish paytida uning hisobvarag‘ida muayyan miqdorda mablag‘ qolgani aniqlangan.

JIKning 76-moddasiga muvofiq, G. Karimova uchrashuv huquqidan foydalanmoqda. Xususan, 2019 yilning 12 aprelidan 15 apreligacha u oila a'zolari bilan uzoq muddatli uchrashuvda bo‘lgan (3 sutka).

G. Karimova ikkita qisqa muddatli uchrashuvlardan yozma ravishda bosh tortgan (2019 yilning 8 va 10 aprel kunlari).

G. Karimovaga 2019 yilning 2 va 17 aprel hamda 10 iyun