Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular oliy ta'limga aloqador
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega fuqarolar faqat oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.
Ilgari respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalariga kirishda mazkur imtiyoz berilgan.
Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega fuqarolar respublikaning boshqa oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirganlarida qabul kvotalaridan tashqari qo‘shimcha ajratilgan (5 foiz) kvota doirasida testlarda qatnashadi.
Mavzuga oid
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026