Avstraliyalik tennisçi Bernard Tomiç Uimbldon musobaqasi tarixiga uzoq vaqtga kiradigan böldi. U musobaqaning 1-raundi uçraşuvi natijasiga köra professional tennisçiga xos bölmagan öyin uçun mukofot pulidan mahrum etildi.

Tomiç fransuz Jo-Vilfrid Tsongga qarşi uçraşuvni 2:6, 1:6 va 4:6 hisobida yutqazdi. Uçraşuv esa bor-yöği 58 daqiqa davom etgan.  

Mağlubiyatga qaramasdan, avstraliyalikka 45 ming funt sterling miqdorida mukofot puli berilişi kerak edi. Biroq musobaqa taşkilotçilari erkaklar örtasidagi uçraşuvlar oxirgi 15 yil içida bunçalik tez tugamaganini aniqlaşgaç, tennisçini jazolaşga qaror qilişgan.

Hakamlar fikriça, tennisçining öyini “Katta dubulğa” musobaqalari standartlariga mos bölmasa, öyinçi qoidabuzar deb topilib, jarimaga tortilişi mumkin. Tsong-Tomiç öyini hakami taşkilotçilarga avstraliyalikning kortdagi öyini professional maqomga yaqqol xos bölmaganini ma'lum qilgan. Natijada öyinçini mukofot pulidan mahrum qilişga qaror qilingan.

Ta'kidlanişiça, tennisçi uşbu qaror yuzasidan şikoyat qilişi mumkin.

1 iyuldan Britaniya poytaxti Londonda 133-marotaba Uimbldon musobaqasi bölib ötmoqda. Musobaqa 14 iyulda yakun topadi.