Bugun, 5 iyul kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat rahbarining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş va talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş töğrisida”gi qarori ijrosini ta'minlaş yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda berilgan ma'lumotlarga qaraganda, iqtisodiyotda talab yuqori bölgan, respublikamizda işlab çiqarilişi tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarning yangi 99 turi vazirlikning veb-saytiga tadbirkorlarga yetkaziş uçun joylaştirilgan va bu mahsulotlarni 2019-2020 yillarda özlaştiriş böyiça hududlarda 55 ta taşabbuskorlar tomonidan loyihalar işlab çiqilgan. 

OAV xodimlari Andijonda şprits va qölqoplar xaridida mavjud tartiblarga rioya qilingan yoki yöqligi haqida söraldi.

Tadbirda iştirok etayotgan Moliya vazirligi vakili bunday xaridlar hududiy komissiya tomonidan hal qilinişini, Andijondagi holat böyiça tekşiruv ketayotganini bildirdi.

Kun.uz muxbirining hozirgi kunda qaysi soha proteksionizmga köproq muhtojligi böyiça savoliga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boşqarma boşliği Fazliddin Röziyev şunday javob berdi:

– Masalan, maişiy texnika böyiça holatni oladigan bölsak, bundan 10 yil ilgari mahalliy işlab çiqariş hajmi içki bozorning 10-15 foizini qoplardi. Hozir bu körsatkiç 45, ayrim pozitsiyalarda 70 foizga yetdi. Ilgarilari qöşni davlatlarda maişiy texnika arzonligi tufayli köpçilik çetga çiqib olib kelişga intilardi. Hozir köp mahsulotlarimiz narxi tenglaşdi va hatto bizda arzonlaşgani tufayli xorijga eksport hajmi oşmoqda.

Oziq-ovqat sanoatida, qişloq xöjaligi mahsulotlarida pozitsiyalarimiz kuçli. Lekin hali köpçilik sohalar himoyaga muhtoj.