«Mançester Siti» özining yozdagi eng asosiy transferini amalga oşirdi. Bu transfer amalga oşişi haqda ötgan mavsumdayoq miş-mişlar paydo bölgandi. Ha, gap Rodri haqida ketmoqda.

«Siti» maydalaşib ötirmadi-da, «Atletiko»ning «oğziga siqqanini» töladi va tayanç zonasida dunyoning eng zör futbolçilaridan birini qölga kiritdi. Rodri «Mançester Siti» uçun juda muhim futbolçi edi, şu bois «Şaharliklar» bu transfer uçun savdo qilib ötirişmadi.

Nega uning kelişi Pepning jamoasi uçun şunçalik muhim edi?

«Janob Muborak, menga şu yigit kerak...»

«Bavariya» prezidenti Ule Xyones Gvardiola «Mançester Siti»da qanday futbolçi sotib olişi haqida hazilomuz gap aytgandi: «U «Siti»ning xöjayini bilan birga ovqatlanayotgan vaqtda unga olib kelmoqçi bölgan futbolçisi haqida bir neçta video qöyib beradi va şayx öşa yerning özida transfer uçun pulni ötkazib beradi. Ertasiga esa u biror mamlakatga ketayotgan gaz trubasidagi vintelni ozgina burab qöyadi va hammasi öz örniga tuşadi».

Gvardiola söragan futbolçilarning deyarli barçasi «Mançester Siti»da paydo bölayotganini inobatga olsak, bu gaplar haqiqatga yaqin. Çunki Pep rahbariyatning işonçini qozonib bölgan.

Rodrining transferi Gvardiola uçun şunçalik muhim ediki, u «Atletiko» futbolçisining harakatlari tasvirlangan video tayyorlab ham ötirmagan, menimça. Murabbiy şunçaki klub xöjayinining oldiga kirib şunday degan: «Janob Xaldun, Busketsni ololmadik, endi Rodrini olmasak bölmaydi. Menga şu yigit kerak...». Gvardiolada har biz çiziqda bir neçtadan futbolçi bor, lekin tayanç zonasi haqida bunday deb bölmaydi. Şu bois Rodrining kelişi klubni faqat kuçaytiradi.

Fernandino endi almaştirib bölmas futbolçi emas

«Mançester Siti» Yevropaning eng zör klubi bölmasligi mumkin, lekin Gvardiola jamoasi zaxira örindiği borasida tengsiz desak, mubolağa bölmaydi. Masalan, Gvardiolaning yarim himoyasida şunçalik futbolçi köpki, u har öyinda boşqaça futbolçi tuşiraverib, futbol-menejyer öyinlari şaydolarini «bezor qilgan». «Siti» yarim himoyasida Fernandino bilan kimlar öynaşini jamoaning aşaddiy muxlislari ham taxmin qila olişmaydi. Ha, faqat Fernandino özgarmas futbolçi sifatida öynaşiga odatlanganmiz.

Braziliyalik futbolçi şaxsan mening fikrimça, dunyodagi eng kuçli tanyaç yarim himoyaçilaridan biri. 34 yoşga kirgan Fernandino öz işini hamon a'lo darajada bajarib keladi. Ammo uning faoliyati yakuniga yetib bormoqda va jamoa yangi futbolçini olib kelişi kerak edi. Bundan taşqari raqobatning yöqligi har qanday futbolçini xotirjamlikka undaydi va bu öyin sifatiga ta'sir qiladi.