Kun.uz tahririyatiga navbatdagi murojaat kelib tuşdi. Uning mazmuni mahalliy köçalardan biri ta'mirtalab holatga tuşib qolgani, mutasaddilarning esa bu muammoga e'tiborsizligi haqida. Ammo masalani örganar ekanmiz, tanganing ikkinçi tomoni ham borligiga guvoh böldik.
Şahrisabz şahri... Ha, öşa – bahavo, tarixiy, xuşmanzara şahar. Çetdan qaraganda bu makonda muammo yöqdek taassurot qoldiradi göyo. Biroq yuqorida aytganimiz murojaat aynan mana şu şaharning «Qoziguzar» mahallasida istiqomat qiluvçi odamlardan yöllangan.
«Bizning köçamiz Şahrisabz şahrining markaziy Amir Temur nomli xiyoboni (Özbekistonda yagona 1,2 km.li «Alleya». Bu joyda 2018 yilning sentabr oyida birinçi xalqaro «Maqom» festivali ötkazildi) hududining yonginasida joylaşgan bölib, 2017 yil hukumatimiz taşabbusi bilan içimlik va oqova suv tizimiga ulandi. Bu işlardan odamlarning boşi osmonga yetdi, buning uçun hukumatimizga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz.
Ammo öşandan beri köçamiz yöllari yangi quvurlar ötkaziş uçun qazilgan edi. Şundan buyon ta'mirtalab holatda qolib ketmoqda. Prezidentimiz taşabbuslari bilan «Obod mahalla», «Obod qişloq» dasturlari böyiça işlar olib borilayotgan, hatto qişloq yöllari obod qilinayotgan bir davrda, mana, ikki yildirki, qiş mavsumida loy keçib, yozda notekis yöllardan tuproq oralab işga, bolalar boğça va maktabga, keksalar esa masjidga qatnaşiga töğri kelmoqda. Şaharning markaziy xiyoboniga keladigan xorijlik mehmonlar oldida ham kişi uyatga qoldi», deyiladi murojaatda.

Ma'lumotlarga köra, mahalla faollari bir neça bor şahar hokimligiga murojaat bilan çiqişgan.
«Hokimiyatdagilar faqat qöynimizni puç yonğoqqa töldirib kelmoqda», - deydi mahalladagilar.
Sabr kosasi tölgan odamlar şahar prokuraturasiga, Prezident virtual qabulxonasiga hamda boşqa taşkilotlarga murojaat bilan çiqişgan, ammo vaziyat yaxşi tomonga özgarmagan.

«Televideniyedan tasvirga olişda şahar hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari O.Rahmonov ham qatnaşdi va köçamiz loyihaga kiritilgani, 2019 yilning may oyida yöllar asfalt qilib berilişi töğrisida aytib ötdi», - deydi şu mahallada istiqomat qiluvçi fuqarolardan biri.
















