Respublikada mavjud çiqindi poligonlarning 128tasida tuproq qatlamining holati böyiça geologik va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oşirilmagan. 70ta poligonda esa ekologik ekspertiza ötkazilmagan. Andijon viloyatining Böz, Jalaquduq, Izboskan tumanlaridagi çiqindi poligonlari faoliyatini töxtatiş böyiça körsatma berilgan bölsa-da, haligaça u yerga çiqindi taşiş holatlari mavjud. Bu haqda Oliy Majlis Senati Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasining 2019 yil birinçi yarmidagi faoliyati yakunlari xususidagi brifingda ma'lumot berildi.

Senatorlar tomonidan örganiş xulosalariga köra, 166ta poligon kiriş joyi, çiqindilarni kömiş, sanitariya-epidemiya hududi kabi qismlarga bölinmagan, 98ta poligonda sanitariya-epidemiologiya xulosalari yöq.

Mavjud poligonlarning 160tasi, 72 foizida kiriş yöllari, 117tasi, 52 foizida texnik suv ta'minoti, 99tasi 44 foizida elektr energiya tarmoği mavjud emas. 99ta poligonning atrofi töliq örab olinmagan.

«Poligonning içi tölib ketgan, holat böyiça sanitariya-epidemiologiya xulosasi yöq. Boz ustiga, atrofi örab olinmagan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi poligonni yopiş haqida xulosa beradi, lekin baribir işlab yotibdi, çiqindini taşlaşyapti. Çiqindi borasida hali qilinadigan işlar juda köp», ─ deydi Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyev.

2014–2018 yillarda sohaga jami 541 milliard 600 million söm davlat budjet mablağlari sarflangan bölib, şundan 129 milliard 300 million söm, ya'ni 24 foizi yangi poligonlarni quriş, mavjudlarini tartibga soliş va ularni maxsus texnika bilan jihozlaş işlariga ajratilgan. 

«Toza hudud»  DUKning Farğona, Xorazm, Andijon, Toşkent, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi filiallarida budjet mablağlarini maqsadsiz sarflaş holatlariga yöl qöyilgan. Xususan, Samarqand viloyati «Toza hudud» DUK tasarrufidagi poligonlar qurilişida jami 135,6 mln söm talon-toroj qilingan», ─ deyiladi brifingda.

Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasida ham çiqindi yiğiş poligonlari qurilişida 8 holatda jami 466 million söm mablağ uşbu maqsadga yönaltirilmagani ma'lum qilingandi.