Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boşqaruv respublika oliy maktabiga öqişga qabul qiliş va öqitişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.

Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, Oliy maktabda işlab çiqarişdan ajralgan holda öqiş kunduzgi şaklda, işlab çiqarişdan ajralmagan holda esa sirtqi, keçki şakllarda, şuningdek masofaviy amalga oşiriladi.

Oliy maktab magistraturasida mutaxassislar işlab çiqariş (kamida 1 yil) va ilmiy-pedagogik (kamida 2 yil) yönalişlar böyiça tayyorlanadi.

Ilgari “Loyiha boşqaruvi” böyiça 1 yillik, “Biznes boşqaruvi” böyiça 2 yillik magistraturada öqitiş amalga oşirilgan.

Magistraturaga kiriş yozma imtihon va test sinovlari şaklida amalga oşiriladi. Ilgari test va suhbat şaklida amalga oşirilgan.

Nomzodlarning iş stajiga ega bölişiga oid talab bekor qilindi.

Ilgari işlab çiqarişdan ajralgan holdagi ta'limga uç yildan kam bölmagan, işlab çiqarişdan ajralmagan holda ta'limga beş yildan kam bölmagan stajga ega fuqarolar qabul qilingan.