2017 yilda dunyo böylab 50 ming ayol oiladagi (uy) zöravonliklar qurbonlari bölgan. Şu yil içida qotillar qölidan jami 87 mingdan köproq ayol halok bölgan. Bunday statistika BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Venada e'lon qilingan dokladida keltirilgan.

Hujjatda 2017 yilda qotilliklardan jami 464 ming kişi halok bölgani, ulardan aksariyati 81 foiz erkaklar bölgani ma'lum qilingan.

Hujjatda asosiy e'tibor oiladagi zöravonliklarga qaratilgan. Doklad mualliflarining ma'lumotlariga köra, ayollarni odatda ular bilan birga yaşaydigan yoki yaşagan erkaklar öldirgan. Bunday qotilliklarga asosan raşk va ajraşiş tahdidi sabab bölgan. Biroq ayollar otalari, aka-ukalari, opa-singillari va boşqa yaqinlari tomonidan ham öldiriladi.

Mualliflar bunday jinoyatlarni qit'alar böyiça taqsimlab çiqişgan. Aniqlanişiça, ayollarga nisbatan yaqin kişilari tomonidan sodir etiladigan qotilliklarning aksariyati Osiyoda yuz beradi. Osiyoda 2017 yilda bunday qotilliklardan 20 mingta, Afrikada 19 mingta, Amerikada 8 mingta, Yevropada 3 mingta va Okeaniyada 300 ta qayd qilingan.

Bu ma'lumotlar aholi jon boşiga hisoblansa, unda ayollar uçun Afrikada vaziyat eng nomaqbul hisoblanadi, Yevropada esa ayollar özlarini nisbatan xavfsiz his qilişlari mumkin ekan.