Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga köra, matbaa faoliyati – bosma mahsulotlarning qoliplarini tayyorlaş, şu jumladan muhr va ştamplarni yasaş, çop etiş, muqovalaş va çop etişdan keyingi jarayonlaridir. Mazkur jarayonlarning barçasi yoki alohida jarayoni ham matbaa faoliyati hisoblanadi.

Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmalari tomonidan matbaa faoliyati amalga oşiriladigan hudud böyiça beriladi.

Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjat sifatida tasdiqlangan şaklga muvofiq guvohnoma beriladi. Guvohnoma uç yil muddatga beriladi.

Matbaa faoliyati yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi. Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun yuridik şaxsning balansida matbaa uskunalari bölişi şart. Matbaa uskunalaridan ijara yoki boşqa asoslarda foydalanişga yöl qöyilmaydi.

Matbaa faoliyatini amalga oşirişga ruxsat oliş quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) muvofiq şaklda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ariza;

b) yuridik şaxs davlat röyxatidan ötganligi töğrisidagi guvohnomaning nusxasi;

v) muvofiq şaklda matbaa uskunalarining röyxati;

g) matbaa uskunalarining ariza beruvçi balansida ekanligini tasdiqlovçi hujjat nusxasi;

d) matbaa faoliyati amalga oşiriladigan obektining töliq poçta manzili va obekt (köçmas mulk)ga egalik huquqi yoki undan foydalaniş böyiça ijara şartnomasining nusxasi;

ye) matbaa faoliyatini amalga oşirişga ruxsat beriş uçun belgilangan miqdorda davlat boji tölangani töğrisidagi tölov topşiriqnomasi.

Matbaa faoliyatini amalga oşirişga ruxsat berişni rad etişga quyidagilar asos böladi:

şu nomdagi matbaa faoliyati bilan şuğullanadigan yuridik şaxs avval röyxatga olingan bölsa;