Oliy Majlis Senatining 2019 yil birinçi yarmidagi faoliyati yuzasidan hisobotlar sessiyasi doirasida Agrar, suv xöjalik masalalari va ekologiya qömitasi tomonidan brifing bölib ötdi.

Ma'lum qilinişiça, respublika böyiça tuman/şahar hokimliklari zaxirasiga olib qöyilgan, mavjudligi haqida aholiga ma'lumot berilmagan yer maydonlari mavjud. Xususan, Jizzax viloyatida umumiy yer maydonining 10 foizi tuman hokimlarining zaxira fondiga ötkazib qöyilgan. Ular yaylovlar, lalmi, suğoriladigan ekin yerlar, böz yerlar, piçanzor, köp yillik daraxtlar va boşqa yerlardan iborat. Yerlarning öz vaqtida foydalanişga berilmasligi, meliorativ holatining yomonligi, suv tarmoqlarning yölga qöyilmagani bois bu yerlar şörlanişga yuz tutgan. Aholining esa zaxiradagi yerlar haqida ma'lumot yöq.

«Egasi yöq 217 mingdan ortiq yer zaxirada turibdi. Yer izlab, sarson bölib yurganlar qança. Aholining xabari yöq, zaxirada yer turganidan. Aslida OAV orqali ma'lumot berilişi kerak. Bu faqatgina Jizzaxda emas, butun Respublikada mavjud salbiy holat», ─ deydi senator, Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyev.

Şuningdek, brifingda ma'lum qilinişiça, respublika böyiça mavjud 4,3 million gektar suğoriladigan yer maydonining atigi 7 foizi, ya'ni 328 ming gektarida tejamkor suğoriş texnologiyalari joriy etilgan. Suğoriladigan umumiy yerlarning 42,897 gektarida, ya'ni bir foizida tomçilab suğoriş yölga qöyilgan. Bu esa suvdan notöğri foydalanilişiga sabab bölmoqda.