Bugun, 10 iyul kunidan Toşkentning bir neçta bozorlari yaqinidagi yöllar böylab töxtaş va töxtab turiş qoidalari buzilişini qayd etuvçi avtomatlaştirilgan foto- va videokameralar iş boşladi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Abu-Saxiy», «Bek Töpi», «Çilonzor buyum bozori» (Ippodrom), «Örikzor» bozorlari yöllarida 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etişga möljallangan 4ta statsionar avtomatlaştirilgan kameralar örnatilgan.
Bu kameralar 360 darajaga ögirila oladi.

Avtomobil mumkin bölmagan joyda töxtagaç, videokamera avtomatik tarzda (inson aralaşuvisiz) vaqtni va «qoidabuzar» avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Ma'lumotlar onlayn tarzda bazaga yönaltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy ta'minot jarima soliş böyiça Qarorni şakllantirib uni «Özbekiston poçtasi» AJga qoidabuzarga jönatiş uçun yöllaydi. Xatda jarimani 60 kunlik muddat içida tölaş zarurligi, uşbu muddat tugagaç tizim xatga biriktirilgan kvitansiyani avtomatik tarzda tösib qöyib, jarima tölanmaganligi töğrisidagi ma'lumotni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi qoşidagi Majburiy ijro byurosiga (MIB) jönatişi ma'lum qilinadi. MIB, öz navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylaştirilgan mulkka taqiq qöyadi. Uşbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelişuvlarini olib borişga yöl qöymaydi. YHQni buzganlik uçun jarimani öz vaqtida tölamaslik ham qöşimça moddiy xarajatlarga olib keladi.
Bundan taşqari, kamera qoidabuzarlikni qayd etib uni Markazga yöllaganidan keyin, tölov muddati davomida sizga nisbatan bir qator çeklovlar örnatiladi. Xususan, sizda maşinani IIBB YHXB tumanlararo bölinmalarida texnik körikdan ötkaziş yoki boşqa fuqaroning nomiga rasmiylaştiriş imkoni bölmaydi. Uşbu çeklov bölajak xaridorni «qarzdor» maşina sotib olib qöyişda himoya qiladi.
Ma'lumot uçun, 3.27 belgisi ostida avtomobilni töxtatiş Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigaça (608 190 söm) jarima solinişiga sabab bölişi mumkin.









