Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulnora Karimovaga oila a'zolari bilan uch kunlik uchrashuv taqdim etildi
Foto: Nader Daoud, Wikipedia
Oldinroq Adliya vazirligi tomonidan Internet tarmog‘ida mahkuma Gulnora Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
O‘rganish davomida (joriy yilning 3 iyul kuni) G. Karimova oila a'zolarining u bilan uzoq muddatli uchrashuv so‘rab yozgan murojaati kelib tushganlik fakti aniqlangan edi.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga muvofiq mahkumlarning uzoq muddatli uchrashuv huquqi ta'minlanishini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi. Monitoring davomida, mahkuma G. Karimova o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019 yilning 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar, o‘z oila a'zolari bilan uch kunlik – uzoq muddatli uchrashuvda bo‘ldi.
Ularga, uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalanayotgan boshqa mahkumalar kabi, alohida uzoq muddatli uchrashuvlarga mo‘ljallangan yashash joyi ajratilgan.
Ushbu uchrashuvni bo‘lish, shuningdek, oila a'zolari tomonidan olib kelingan posilka va banderollarni kiritishni cheklash holatlari bo‘lmagan.
Suhbat davomida, Gulnora Karimovaning oila a'zolari ushbu davrda boshqa mahkumalar ham o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda yaqinlari bilan birga bo‘lganligini ta'kidlashdi, bu boshqa mahkumalarning uchrashish huquqlari ta'minlanayotganligini bildiradi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida, G. Karimovaning oila a'zolari G. Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotganligi va unga bosim o‘tkazilayotganligi bo‘yicha shikoyat va e'tiroz bildirishmadi, deyiladi Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
21:18 / 12.11.2025
Gulnora Karimova atrofidagi moliyaviy triller: Zeromax kreditorlari sudda muhim yutuqqa erishdi
18:08 / 24.09.2025
Gulnora Karimovadan musodara qilingan mablag‘lar qishloq maktablarini yangilashga yo‘naltirilmoqda
23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
15:54 / 24.04.2025