«Milliy tiklaniş»  naşri Samarqandga sayohat va boşqa maqsadlarda kelgan xorijiy mehmonlar bilan sörov ötkazdi. Unda sayyohlar Samarqanddagi turistik muhitdagi bir qator kamçiliklarni sanab ötişgan.

Portugaliyalik Antonio Gomiş:

«Mehmonxonalarda internet tezligi nihoyatda past, xonalarda xizmatçilar bilan boğlaniş uçun çaqiruv telefoni yöq».

Hindistonlik Umeş Haytan:

«Sayyohlarning millati va dinini e'tiborga olgan holda ovqatlaniş joylari taşkil etilsa, ayni muddao bölar edi. Şahardagi barça kafe va restoranlarda mol göştisiz tayyorlanadigan taomlarni topiş ilojsiz».

Pokistonlik Rizvon Aziz Muhammad:

«Özbekistonga asosan keksa yoşdagi sayyohlar kelişini inobatga olib, ularning salomatligini yaxşilaş uçun turistlarga tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini yölga qöyiş maqsadga muvofiq».

Germaniyalik Tomas Myuller:

«Tarixiy obidalarga kiriş çiptalari narxlarida tafovut bor. Narxlar bir xil etib belgilansa yaxşi bölardi. Şuningdek, temiryöl vokzalidagi yerosti yöliga eskalator örnatilsa, yuk bilan kelgan turistlar uçun ham, mahalliy aholi uçun ham qulay bölardi».