Özbekistonning hozirda tasdiqlangan uglevodorodlar zaxiralari 20-30 yilga yetadi. Bu haqda «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi.
“Geologiya-qidiruv işlari böyiça juda katta, istiqbolli yönalişlar mavjud. Biroq, hozirda tasdiqlangan zaxira 20-30 yilga yetadi», - dedi Sidiqov jurnalistlarga.
Uning ta'kidlaşiça, kompaniya har yili zaxiralar hajmi ösişi qazib olişga qaraganda köproq bölişi ustida iş olib bormoqda.
«Bu bizga 20-30 yil davomida oldinga harakat qiliş imkonini beradi. Har bir davrda yaqin 20 yil uçun gaz bilan ta'minlaş böyiça rejamiz böladi», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, tabiiy gazning tasdiqlangan zaxiralari 2008-2018 yillarda 4 foizga qisqargan, tabiiy gaz zaxiralari örnini bosişning örtaça körsatkiçi ötgan 5 yilda taxminan 70 foizni taşkil etdi.
Moliya mablağlarining yetarli emasligi va moddiy-texnik resurslar taqçilligi natijasida 2017-2018 yillarda tabiiy gaz qazib olişning ösişi prognoz körsatkiçlaridan bor-yöği 42 foizga ta'minlangan.











