O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston tarixi” telekanalini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra, joriy yilning 1 sentyabridan Özbekistonda yangi telekanal – “O‘zbekiston tarixi” taşkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yönalişlari belgilab berildi. Unga köra, telekanalning asosiy vazifasi Özbekistonning köhna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qöşgan ilmiy, madaniy va ma'naviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, çet el jamoatçiligini keng kölamda xabardor qilişdan iborat.

Yangi telekanal yuridik şaxs taşkil etişsiz “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi qoşida “UzHD” telekanali negizida HD formatida taşkil etiladi va respublikaning butun hududi böylab efirga uzatiladi.  

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga yangi telekanalga doimiy asosda efirga çiqariluvçi materiallarni tayyorlaşda ularning işonçliligi va tarixiy voqealar va faktlarga mos kelişini körib çiqiş yöli bilan kömak körsatiş hamda ötkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini telekanalda yoritiş uçun belgilangan tartibda taqdim qiliş vazifasi topşirildi.